abTest • o'quv markazlar uchun

O'quv markazingiz yoki onlayn darslaringiz uchun test platformasi

Blok, oddiy va Rash testlarni Telegram orqali onlayn oling yoki qog'ozda o'tkazib, javoblar varaqasini telefon bilan skanerlang. Ball, Rasch bahosi, reyting va PDF hisobot bir necha soniyada tayyor.

Ro'yxatdan o'tish 1 daqiqa: ism, telefon va parol. O'quvchilar Telegram botdan foydalanadi, siz brauzerdan yoki abTest ilovasidan boshqarasiz.

90 savol
DTM formati, 189 ball
A+ … C
Rash: milliy sertifikat bahosi
~10 soniya
bitta varaqni skanerlash
Telegram ilovasida o'quvchi blok test yechmoqdascreenshots/hero-telegram.png
Telegram ilovasida o'quvchi blok test yechmoqda
Vaqtni tejang

Tekshirishga soatlab vaqt ketishi shart emas

Qog'ozda tekshirish yoki onlayn test olish soatlab vaqt oladi. abTest bilan onlayn test bir daqiqada, offlayn varaq skaner bilan soniyalarda.

Avval

  • Har varaqni kalit bilan qo'lda solishtirish
  • Ballarni qo'lda hisoblash va xatoga yo'l qo'yish
  • Natijani ertasi kuni e'lon qilish
  • Sertifikatli o'quvchilarni alohida hisoblash
  • Rash ballini jadvalda qo'lda chiqarish

abTest bilan

  • O'quvchi Telegramda yechadi, natija darhol botga keladi
  • Qog'oz varaq telefon kamerasi bilan skanerlanadi
  • Ball, reyting va PDF hisobot avtomatik
  • Milliy sertifikat foizi o'z-o'zidan hisobga olinadi
  • Rasch bahosi (A+ … C) test yopilganda avtomatik
Imkoniyatlar

Test jarayonining hamma bosqichi bir joyda

Test yaratishdan natijani e'lon qilishgacha. Onlayn ham, qog'ozda ham.

Telegram orqali onlayn testlar

O'quvchi markazingiz botida test kodini kiritadi, javoblarni belgilaydi va natijani darhol oladi. Ilova o'rnatish shart emas.

Rash testlar (Rasch modeli)

Milliy sertifikatdagidek ball va daraja: A+ dan C gacha. Oddiy, insholi, tabiiy fanlar va boshlang'ich ta'lim turlari.

DTM formatidagi blok testlar

3 majburiy va 2 asosiy fan, 90 savol, 189 ball, bir necha variant. Yo'nalishlar va fanlar tayyor katalogdan tanlanadi.

Oddiy testlar

Bitta fan, istalgan savol soni, A/B/C/D javoblar. Kundalik nazorat va uy ishlarini tekshirish uchun.

Qog'oz test va skaner

Har o'quvchiga QR kodli varaq chop etiladi. abTest ilovasi varaq suratidan javoblarni o'qib, ballni chiqaradi.

Milliy sertifikat ballini inobatga olish

Sertifikat bor fan bo'yicha foiz kiritiladi: ball avtomatik hisoblanadi, varaqda esa o'sha blok yopiq chiqadi.

Natijalar va PDF hisobot

Kim topshirdi, kim kutilmoqda, reyting, fanlar kesimidagi ballar. Bir bosishda PDF hisobot.

abTest mobil ilovasi

Butun boshqaruv telefonda: testlar, o'quvchilar, guruhlar, javob kiritish, skaner va kredit.

O'qituvchilar va guruhlar

Administrator o'qituvchilarni qo'shadi, guruh va testlarga biriktiradi. Har kim o'ziga tegishlisini ko'radi.

O'quvchi profili va o'sish grafigi

O'quvchi Telegramda darajasi, aniqligi, top-3 o'rinlari va natijalari grafigini ko'radi.

O'quvchilarga xabar yuborish

Bot orqali barcha o'quvchilarga e'lon, rasm bilan ham. Yuborilish holati va tarixi ko'rinadi.

Shikoyatlar va tekshiruv

O'quvchi ochiq savol bo'yicha e'tiroz yuboradi, o'qituvchi ko'rib chiqib javob beradi — javob botga keladi.

Qanday ishlaydi

Uch qadamda ishga tushadi

Texnik bilim talab qilinmaydi. Kerak bo'lsa ulanishda yordam beramiz.

  1. 1

    Ro'yxatdan o'ting

    Ism, telefon va parol — 1 daqiqa. Raqamni Telegram orqali bir bosishda tasdiqlaysiz, markaz botini ulaysiz, o'qituvchi va o'quvchilarni qo'shasiz.

  2. 2

    Test yarating

    Blok, oddiy yoki Rash test, javob kaliti, onlayn yoki qog'oz rejim. Onlaynda o'quvchilarga 6 belgili kod beriladi, qog'ozda QR kodli varaqlar chop etiladi.

  3. 3

    Natijani oling

    Onlaynda o'quvchi javobni yuboradi va natija botga keladi. Qog'ozda varaqni telefon bilan skanerlaysiz. Reyting, Rasch bahosi va PDF hisobot bir bosishda.

Boshqaruv paneli: blok testlar ro'yxatiscreenshots/admin-tests.png
Boshqaruv paneli: blok testlar ro'yxati
Boshqaruv paneli: onlayn va qog'oz testlar, holati, variantlar va kodi. Kompyuterda panel, telefonda abTest ilovasi.
abTest skaner

Qog'oz testni ham soniyalarda tekshiring

Har o'quvchi uchun QR kodli varaq chop etiladi. Test tugagach o'qituvchi varaqni telefon kamerasiga tutadi: ilova varaqni o'zi topadi, QR orqali o'quvchini aniqlaydi, doiralarni o'qiydi va ballni chiqaradi.

  • Avtofokus va avtomatik surat: varaqni kameraga tutasiz, qolganini ilova qiladi
  • QR kod orqali test va o'quvchi darhol aniqlanadi — blok, oddiy va Rash testlar uchun
  • Xira yoki ikki marta belgilangan javoblar ajratib ko'rsatiladi, siz tasdiqlaysiz
  • Sertifikatli fan bloki o'tkazib yuboriladi, ball foizdan hisoblanadi
  • Natija darhol saqlanadi, o'quvchi Telegramga ulangan bo'lsa xabar ketadi

Bir varaq taxminan 10 soniya. 90 savollik varaq to'liq tanib olinadi.

Skaner: varaq kameradascreenshots/scanner-camera.png
Skaner: varaq kamerada

1. Varaqni kameraga tutasiz

Skaner: tanib olingan 90 ta javobscreenshots/scanner-review.png
Skaner: tanib olingan 90 ta javob

2. Tanib olingan javoblarni saqlaysiz

Rash test natijalari: ball va darajascreenshots/rash-results.png
Rash test natijalari: ball va daraja

Natijalar va darajalar

Rash: har bir savol tahliliscreenshots/rash-check.png
Rash: har bir savol tahlili

Har bir savol tahlili

Rash testlar

Milliy sertifikat formatidagi baholash

Rash test yopilganda har bir o'quvchi uchun Rasch bali va darajasi avtomatik hisoblanadi. Natijalar botga keladi, o'qituvchiga esa PDF hisobot.

  • Rasch modeli: savol qiyinligi hisobga olinadi, ball va daraja (A+, A, B+, B, C+, C) milliy sertifikatdagidek
  • 4 tur: oddiy, insholi, tabiiy fanlar (masalalar bilan) va boshlang'ich ta'lim — 3 fan × 30 savol
  • Ochiq test — o'quvchilar botda yechadi; yopiq test — qog'oz varaq va skaner
  • Ochiq savollar, insho va masalalarni o'qituvchi tekshiradi; o'quvchi e'tiroz yuborishi mumkin
  • Pullik test: o'quvchi Payme yoki Click orqali to'laydi, 70% testni yaratgan o'qituvchiga

Rash botida ishlayapsizmi? O'tish oson

Rash hisobingizni bir bosishda ulaysiz: kreditlaringiz, «O'quvchilarim» ro'yxati va ochiq testlaringiz platformaga ko'chadi. Kreditlarni o'tkazganingizda +100 kredit sovg'a.

Ro'yxatdan o'tib ulash
abTest ilovasi

Butun boshqaruv telefoningizda

Admin paneldagi hamma imkoniyat abTest mobil ilovasida ham bor. Kompyuter yonida bo'lmasangiz ham test yarating, natijani ko'ring va varaqlarni tekshiring.

  • Blok, oddiy va Rash testlarni yaratish, tahrirlash va yakunlash
  • Varaqni skanerlash yoki javoblarni qo'lda tez kiritish
  • O'quvchilar, guruhlar, o'qituvchilar va milliy sertifikatlar
  • Javob kaliti, varaqlar va natijalar PDF — telefondan ulashing
  • Markaz hamyoni: kredit sotib olish (Payme, Click) va tarix

Android — tez orada Google Play'da

abTest ilovasi: bosh sahifascreenshots/app-home.png
abTest ilovasi: bosh sahifa
abTest ilovasi: blok test natijalariscreenshots/app-block.png
abTest ilovasi: blok test natijalari
abTest ilovasi: test turini tanlashscreenshots/app-types.png
abTest ilovasi: test turini tanlash
Ko'rinish

Hamma narsa ko'z oldingizda

Boshqaruv paneli kompyuter va telefonda, o'quvchi tomoni Telegramda.

Test natijalari: qatnashuvchilar, ball, reytingscreenshots/admin-overview.png
Test natijalari: qatnashuvchilar, ball, reyting
Test natijalari: kim topshirdi, kim kutilmoqda, ball va reyting. PDF hisobot bir bosishda.
O'quvchilar ro'yxati va guruhlarscreenshots/admin-students.png
O'quvchilar ro'yxati va guruhlar
O'quvchilar: guruhlari, Telegram orqali ulanganlar va qo'lda qo'shilganlar, milliy sertifikatlar.

O'quvchi tomoni — markazingiz Telegram botida

O'quvchi botingizdan ilovani ochadi: kod bilan testga qo'shiladi, javoblarni belgilaydi, natija va to'g'ri javoblarni ko'radi. Profilida darajasi, ketma-ket haftalari va natijalari grafigi bor.

O'quvchi natijasi: fanlar bo'yicha ball va to'g'ri javoblarscreenshots/student-result.png
O'quvchi natijasi: fanlar bo'yicha ball va to'g'ri javoblar
Natija: fanlar bo'yicha ball va har bir savol
O'quvchi profili: daraja, aniqlik va o'sish grafigiscreenshots/student-profile.png
O'quvchi profili: daraja, aniqlik va o'sish grafigi
Profil: daraja, yutuqlar va o'sish grafigi
Narx

Boshlash bepul — faqat tekshiruv uchun kredit

Obuna to'lovi yo'q. Kredit markaz hamyoniga Payme yoki Click orqali sotib olinadi va faqat quyidagilarda yechiladi.

  • Rash test — yakunlanganda har bir ishtirokchi uchun 1 kredit
  • Qog'oz blok test — skaner bilan tekshirilgan har bir o'quvchi uchun 1 kredit (qayta skanerlash bepul)

1 000 so'm

1–49 kredit

800 so'm

50–199 kredit

650 so'm

200–499 kredit

500 so'm

500+ kredit

1 kredit narxi. Ko'p sotib olinsa arzonroq; aksiyalar paytida chegirma.

Bepul

  • Ro'yxatdan o'tish va boshqaruv paneli
  • Cheksiz o'quvchilar, o'qituvchilar va guruhlar
  • O'z Telegram botingiz
  • Oddiy testlar
  • Onlayn blok testlar (o'quvchi botda yechadi)
  • abTest mobil ilovasi
Savol-javob

Ko'p beriladigan savollar

Qanday testlar yaratish mumkin?

DTM formatidagi blok testlar (3 majburiy va 2 asosiy fan, 90 savol, 189 ball, variantlar bilan), bitta fan bo'yicha oddiy testlar (istalgan savol soni, A/B/C/D) va Rasch modeli bilan baholanadigan Rash testlar (oddiy, insholi, tabiiy fanlar, boshlang'ich ta'lim).

Rash test qanday baholanadi?

Test yopilganda barcha javoblar Rasch modeli bilan tahlil qilinadi: savolning qiyinligi hisobga olinib, har bir o'quvchiga ball va daraja (A+, A, B+, B, C+, C) beriladi — milliy sertifikatdagidek. Insho va masalalar balini o'qituvchi kiritadi, ochiq savollarni tekshiradi.

Kredit nima va qachon yechiladi?

Kredit markaz hamyonida turadi va Payme yoki Click orqali sotib olinadi (1 kredit 500–1 000 so'm, ko'p olinsa arzonroq). Rash test yakunlanganda har bir ishtirokchi uchun va skaner bilan tekshirilgan qog'oz blok testda har bir o'quvchi uchun 1 kredit yechiladi. Oddiy testlar va onlayn blok testlar bepul.

Rash botida ishlayman — qanday o'taman?

Ro'yxatdan o'tib, «Rash hisobi» bo'limida hisobingizni Rash bot orqali ulaysiz. Shundan keyin kreditlaringizni markaz hamyoniga o'tkazasiz (birinchi o'tkazishda +100 kredit sovg'a), «O'quvchilarim» ro'yxatini import qilasiz va ochiq testlaringizni ko'chirasiz. Eski testlaringiz natijalari bilan ko'rinib turadi.

O'quvchida Telegram bo'lmasa nima bo'ladi?

Qog'oz rejimdan foydalanasiz: o'quvchini qo'lda qo'shasiz, QR kodli varaq chop etasiz, test qog'ozda o'tadi va varaqni skaner bilan tekshirasiz. Keyin Telegramga ulansa, natijalari ilovada ko'rinadi.

Milliy sertifikat qanday hisoblanadi?

O'quvchi profiliga fan va sertifikat foizi kiritiladi. Shu fan bo'yicha o'quvchi javob belgilamaydi, ball fan maksimal balining foizi sifatida hisoblanadi. Masalan 93 ball × 89% = 82,8 ball. Varaqda o'sha blok yopiq chiqadi, skaner uni o'tkazib yuboradi.

Mobil ilova bormi?

Ha, abTest Android ilovasida admin panelning barcha imkoniyatlari bor: testlar, o'quvchilar, guruhlar, javob kiritish, skaner, PDF va kredit. Ilova tez orada Google Play'da chiqadi. O'quvchilarga ilova kerak emas — ular Telegram botdan foydalanadi.

Nechta o'qituvchi va o'quvchi qo'shish mumkin?

Cheklov yo'q. Administrator o'qituvchilarni qo'shadi, guruh va testlarga biriktiradi. Biriktirilgan o'qituvchi testni tekshiradi, javob kiritadi va yakunlaydi, lekin o'chira olmaydi.

Internet talab qilinadimi?

Onlayn test uchun o'quvchida, skanerlash va boshqaruv uchun o'qituvchida internet bo'lishi kerak. Qog'oz testning o'zi internetsiz o'tadi.

Ma'lumotlar xavfsizmi?

Har o'quv markaz o'z Telegram boti va ma'lumotlari bilan alohida ishlaydi, boshqa markaz ularni ko'rmaydi. Kirish telefon raqam va parol bilan, rollar bo'yicha ruxsatlar. Skanerlangan varaq rasmlari serverda 7 kun saqlanadi va keyin avtomatik o'chiriladi. Hisobingizni istalgan vaqtda o'zingiz o'chira olasiz.

Boshlash qancha vaqt oladi?

Ro'yxatdan o'tish 1 daqiqa: ism, telefon va parol. Botni ulash va birinchi testni yaratish yana bir necha daqiqa. Kerak bo'lsa ulanishda o'zimiz yordam beramiz.